Foydalanish shartlari
Saytdagi umumiy xulq-atvor qoidalari:
Saytimizda turli qarashlarga ega bo'lgan yuzlab insonlar muloqot qiladilar. Ularning barchasi saytimizning teng huquqli a'zolaridir. Ushbu hamjamiyat to'g'ri faoliyat ko'rsatishi va tartib saqlanishi uchun ma'lum qoidalar zarur. Qoidalarni o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz, bu atigi besh daqiqa vaqtingizni oladi, biroq sizning va bizning vaqtimizni tejaydi hamda saytni yanada qiziqarli va tartibli qilishga yordam beradi.
Avvalo, saytimizda barcha tashrif buyuruvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lish lozim. Ishtirokchilarni haqorat qilish qat'iyan man etiladi va bu har doim ortiqcha hisoblanadi. Agar biror e'tirozingiz bo'lsa, sayt ma'murlari (Admin) yoki moderatorlariga shaxsiy xabar orqali murojaat qiling. Boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilish bizda eng og'ir qoidabuzarliklardan biri hisoblanadi va ma'muriyat tomonidan qat'iy jazolanadi. Saytda irqchilik, diniy va siyosiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi fikrlar bildirish qat'iyan taqiqlanadi. Saytimizda do'stona va odobli muhitni saqlab qolishga hissa qo'shganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
Saytda quyidagilar qat'iyan taqiqlanadi:
- Maqola mazmuniga yoki muhokama mavzusiga aloqador bo'lmagan (spam) xabarlar yozish;
- Sayt foydalanuvchilarini haqorat qilish, tahdid qilish yoki kamsitish;
- Izohlarda behayo so'zlarni ishlatish, inson qadr-qimmatini kamsituvchi hamda millatlararo nizo keltirib chiqaruvchi fikrlar bildirish;
- Reklama materiallari, spam xabarlar, shuningdek maqola muhokamasiga daxldor bo'lmagan har qanday mahsulot yoki xizmatlarni targ'ib qilish.
Keling, bir-birimizni va o'zaro fikr almashish uchun foydali bo'lgan ushbu saytni hurmat qilaylik. Sayt ma'muriyati yuqoridagi talablarga javob bermaydigan izohlarni to'liq yoki qisman o'chirib tashlash huquqini saqlab qoladi.
Qoidalar buzilgan taqdirda, foydalanuvchiga ogohlantirish berilishi mumkin. Ba'zi og'ir holatlarda esa ogohlantirishsiz saytdan butunlay bloklanishi (ban) mumkin. Blokdan chiqarish masalalari bo'yicha sayt ma'muriga yozishingiz lozim.
Ma'murlar (Admin) va moderatorlarni haqorat qilish ham bloklanishga sabab bo'ladi. Iltimos, o'zgalar mehnatini hurmat qiling.